Yeni
TURKIY TIL MANBALARIDA SIFAT LEKSEMALAR SEMANTIKASI
Özet
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab buyuk ajdodlardan asrlar osha bebaho meros sifatida yetib kelgan nodir qo‘lyozma asarlar, osori atiqalarni bugungi avlodga aslidagidek yetkazish, ularni chuqur ilmiy asosda tadqiq etish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Nomlari butun dunyoda shuhrat topgan al-Xorazmiy, Farg‘oniy, Ulug‘bek, Farobiy, Imom Buxoriy, at-Termiziy, Marg‘inoniy, Beruniy, Ibn Sino kabi matematik va astronomlar, faylasuf va huquqshunoslar, qomusiy olimlar qatori tilshunos-shoirlar Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Zamaxshariy, Alisher Navoiy singari ulug‘ zotlar olib borgan tadqiqotlar, ular tomonidan ilgari surilgan ilmiy xulosalar jahon umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek millati qadimdan o‘z yozuviga, adabiy tiliga ega bo‘lgan sanoqli millatlardan biri hisoblanadi. Taxminan 3-5 ming yillik yozuv tarixiga ega millat vakillari tomonidan bitilgan qo‘lyozma asarlar nafaqat O‘zbekiston, balki qator xorijiy davlatlar kutubxonalarida, xususiy fondlarda saqlanmoqda, ko‘z qorachig‘idek ehtiyotlanib ardoqlanmoqda, ilmiy muomalaga kiritilmoqda. IX asr birinchi yarmi XIII asr boshida Osiyo qit’asining ulkan hududlarida qoraxoniylar saltanatining hukmronlik qilishi oqibatida fotih arablar istilosi va somoniylar davrida mavqei susayib ketgan turkiy tilning bukik qaddi qayta rostlandi. Unda badiiy, axloqiy, ilmiy asarlar yaratish imkoniyati qayta tug‘ildi. Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatul- haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlari”, Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimatul-adab” kabi asarlari qatorida 1069-1070 – yili bolosog‘unlik Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub “Turkiy shohnoma” tarzida e’tirof etilgan “Qutadg‘u bilig” dostoni eski turkiy tilning o‘ziga xos jihatlari, imkoniyatlari, lug‘at boyligini mujassam etgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kungacha arab (XII asr oxiri-XIII asr birinchi yarmiga xos Namangan nusxasi hamda XIV asr birinchi yarmiga oid Qohira nusxasi) va uyg‘ur (1439 -yilda ko‘chirilgan Vena-Hirot nusxasi) yozuvlarida yetib kelgan “Qutadg‘u bilig”ni turkologiyada o‘rganish tarixi taxminan 190 yilga teng bo‘lib, bunda V.V. Radlov, S. Ye. Malov, D. M. Nasilov, R. Arat, A. Dilachar, Q. Karimov, E.N. Najib, A.Valitova, S.N.Ivanov, A.B.Erjilasun, G‘. Abdurahmonov, B. To‘xliev kabi olimlarning asar yuzasidan olib borgan tadqiqotlarini ta’kidlash lozim bo‘ladi1. Garchi, turkologiyada “Qutadg‘u bilig”ning til xususiyatlari, jumladan, tovush tizimi, kelishik kategoriyasi, leksikasi, gap qurilishi borasida ba’zi monografik tadqiqotlar, ilmiy maqolalar chop etilgan 2. Turkolog va o‘zbek tilshunoslaridan A.N. Kononov, E.V. Sevortyan, A.M. Shcherbak, L.A. Pokrovskaya, A. G‘ulomov, M. Sodiqova, E. Fozilov, F.Najmiddinov, Z.Mamarajabova, G.Qurboniyazov, H. Tojimatov, G‘. Qambarov kabi olimlarning tadqiqotlarida mulohazalar yuritgan


