ASES YAYINCILIK

AnasayfaYayınlanmış KitaplarPEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI

PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI

KategoriEĞİTİM BİLİMLERİ
ISBN978-625-8956-15-3
DOI10.5281/zenodo.21409595
DilÖZBEKÇE
Basım Yılı2026
Sayfa Sayısı491 Sayfa

Özet

Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad – yosh avlodni mustaqil fikrlaydigan,
jamiyatda faollik ko‘rsatadigan, qiyinchiliklarni qo‘rqmasdan yengib o‘ta oladigan hamda ularni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalashdir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Hech qachon unutmaylik, dunyodagi o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan eng katta boylik bu – bilim va tarbiyadir” – deya ta’kidlab o‘tgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 24-iyul kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida yosh avlodlar tarbiyasi masalalariga alohida to‘xtalib, “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” ,har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi”, – deb ta’kidladi. Shuningdek, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29- dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak” – deya ta’kidladilar. Shuning bilan bir qatorda, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy hamda umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan shaxs sifatida voyaga yetkazish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ilg‘or xalqaro mezonlarga moslashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tgan. Ta’limiy islohotlar doirasida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonining asosiy ishtirokchisi bo‘lgan o‘qituvchi, psixologpedagoglarni tayyorlash, ularni kasbiy shakllantirish, sohaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini izchil rivojlantirish, kasbiy kompetentlik sifatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi hamda oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Binobarin, pedagoglarning bilim darajasi, kasbiy tajribasi, pedagogik kompetentligi, ilg‘or ish uslublari, kasbiy faoliyatiga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlari yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, uni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarni to‘g‘ri anglash, zimmalariga yuklatilgan vazifani mavjud talablardan kelib chiqqan holda oqilona tashkil etish uchun xizmat qiladi. O`z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondashish, o‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini xalq hayotiga tatbiq etish kabi ulug‘ ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda o‘zbek va boshqa qardosh xalqlarning milliy shakllanishi hamda rivojlanishini zamon talablariga mos keladigan ta’lim-tarbiya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy etib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo‘lmaydi. Bu ajdodlarimiz tomonidan isbot qilingan ilmiy-nazariy, falsafiy-tarbiyaviy haqiqatdir. Sharq va G‘arb mutafakkir olimlarining pedagogik qarashlari O‘zbekistonda jamiyat qurilishi jarayonlari, strategik maqsad – fuqarolik jamiyatini barpo etishda ma’naviy qadriyatlarimizni o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Shaxs ma’naviy dunyoqarashini zamonaviy demokratik g‘oyalar hamda milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashda buyuk
mutafakkir olimlarimiz: Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabilarning ilmiy-ijodiy meros namunalaridan keng foydalanish alohida ahamiyatga ega. Shunday ekan, yosh avlodni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda buyuk mutafakkir olimlarimizning ilmiy-ijodiy meros namunalari bilan tanishtirib borish orqali ularda insoniylik, vatanparvarlik, halollik kabi sifatlar tarkib topadi. Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika sohasidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o‘rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqlir. Binobarin, mustaqillik tufayli ko‘hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishi vujudga keldi. Darslik pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, darslikdan pedagog, magistr va talabalar hamda ilmiy izlanuvchilar foydalanishi mumkin.