Yeni
O’ZBEK XALQINING MILLIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Özet
Tarixdan ma’lumki, dunyodagi har bir millatning aqliy-ruhiy qiyofasi, ya’ni milliy mentaliteti o’ziga xos tarixiy, etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida shakllangani bois uning jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo’lgan munosabati ham turlicha bo’lishi shubhasiz. Ma’lum bir millat vakillarining oʻziga xos idrok etishi, fikrlashi va orzu-istaklarini, ya’ni oliy ruhiy xususiyatlarini tushunish va tushuntirish, uning namoyon boʻlish sabablarini organizmning, miyaning tuzilishidan emas, balki yuqorida aytganimizdek, xalqning tarixiy taraqqiyoti, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning shart sharoitlaridan qidirish kerak. Turli ijtimoiy tizim va iqtisodiy taraqqiyoti bilan bogʻliq boʻlgan amaliy faoliyat shakllari turli ruhiy jarayonlar tizimining shakllanishini belgilab beradi. SHuning uchun ham turli tarixiy davrlarda, ijtimoiy tuzumda yashayotgan xalqlar bir-biridan faqat ongning mazmuni bilangina farqlanib qolmasdn, shuningdek, faoliyat shaklining tuzilishi jihatidan ham farqlanadilar. Zero, milliy o’ziga xosliklar uzoq; tarixiy davrdagi ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy jarayonlar, tabiiy geografik o’rnashuv, o’zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi. Aynan shu omillar hamda xalqning ruhiy-psixologik qarashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi. O’zbek xalqining etnik jihatdan ko’p tarmoqli va sertomir ekanligi uning mentalitetida barcha urug’ va ijtimoiy qatlamlar uchun umumiy jihatlar, jamoa manfaatlarini himoya qiluvchi fazilatlarning rivoj topishini taqozo etib kelgan. Xalqimiz fe’lidagi bag’rikenglik, hotamtoylik, mehmondo’stlik, o’zaro hamkorlikka moyillik, g’am-anduhi paytlarda nochor kimsalarga hamdardlik, yelkadoshlik fazilatlari ana shu jamoaviy yakdillikni ta’minlash, til va dil, fikr birligini saqlash ehtiyojlaridan tug’ilgan va sayqal topgandir.


