Yeni
O’SMIRLIK DAVRI STRESS HOLATLAR DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI
Özet
Jahonda taʻlim jaraуonida оʻquvchilarni individual yondashuv asosida psixologik va emotsional rivojlantirishning didaktik parametrlarini aniqlashtirish, оʻquvchilarning iqtidori va qobiliyatini rivojlantirishda variativ taʻlim mazmunini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, virtual ta’lim sharoitida оʻquvchilarning mustaqil bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, kredit-modul va konsentrallangan ta’lim texnologiyalari asosida оʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan оʻquv-bilish faoliyatini rivojlantirish dolzarblik kasb etadi. AQSH, Angliya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya kabi rivojlangan davlatlarda taʻlim tizimini individuallikka yoʻnaltirilgan оʻqitish texnologiyalarini ishlab chiqish, tyutorlik va mentorlik modellari asosida оʻquvchilarning individual ta’lim trayektoriyasini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Dunyoda axborot – ta’lim muhiti sharoitida оʻquvchilarning mustaqil bilish faolligini oshirish, оʻquvchilarda mantiqiy, tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, shaxsiy-insonparvarlik yondashuvi asosida оʻquvchilarda individual tafakkur uslubini shakllantirish,
оʻquvchilarda oʻzini oʻzi rivojlantirish tayanch kompetensiyasini shakllantirish orqali psixoemotsional rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, оʻquvchilarning ruhiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalardan foydalanishning didaktik taʻminotini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, оʻquvchilarning individualligini qоʻllab-quvvatlashga yоʻnaltirilgan fasilitatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda sub’yekt-sub’yekt munosabatlarini rivojlantirish dolzarblik kasb etadi. Respublikamizda umumiy оʻrta taʻlim tizimini takomillashtirish, оʻquvchilarda umumtaʻlimiy kompetensiyalarni shakllantirish, ta’lim oluvchilarda shaxsiy-individual faoliyat tajribasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, shaxsga yoʻnaltirilgan individual ta’lim jarayonlari taʻsirchanligi, barqarorligini ta’minlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, individuallikka yoʻnaltirilgan oʻqitishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda zamonaviy talablar asosida taʻlim sifatini oshirish, umumtaʻlim maktablarining оʻquv dasturlari, oʻquv-metodik adabiyotlarini xalqaro talablar asosida yangilash, oʻquv jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish kabi ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son farmoni “Оʻzbekiston Respublikasi Xalq taʻlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”1 da оʻqitish metodikasini takomillashtirish, ta’limtarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, оʻquvchilarda ta’lim olishga kuchli motivasiyani shakllantirish, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan oʻqitish va baholash metodlari, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kоʻnikmalari va malakalarni rivojlantirish belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022– 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoninini, Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy oʻrta taʻlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”2gi 140-son, 2017 yil 6 apreldagi “Umumiу оʻrta va оʻrta maxsus, kasb-hunar taʻlimining Davlat taʻlim standartlarini tasdiqlash toʻg’risida”3gi 187-son Qarorlari, 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviyahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-у berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻg’risida”4gi PQ-3907-sonli, 2019 yil 20 fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari tоʻg’risida”5gi PQ-4199-sonli, 2019 уil 29 apreldagi “Оʻzbekiston Respublikasi xalq taʻlimi tizimini 2030 уilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tоʻg’risida”gi PF-5712-son farmoni hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Nazariy bilimlar hamda amaliy malakalarga ega bоʻlgan va yangi zamonaviy muammolarni muvaffaqiyatli hal qila oladigan mutaxassislar tayyorlash bilan bogʻliq ishlar bugun yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizning rivoji, ravnaqi oliy maktablarda tayyorlanayotgan mutaxassislarga bog’liq ekan, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash kerak. Оʻqituvchi bilan oʻsmirning hamkorlikdagi faoliyatini tоʻg’ri yoʻlga qoʻyish boʻlajak mutaxassislar kasbiy tayyorgarligining asosiy omillaridan biridir. Psixologik bilimlarni inson tomonidan оʻrganilishi shuning uchun ham muhimki odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda rоʻy berayotgan ob’yektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega boʻlish bilan, balki hayotda munosib оʻrin egallash, оʻz ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bоʻlish, оʻziga va oʻzgalarga taʻsir koʻrsatishning usul va vositalarini bilish va ulardan оʻrnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Kundalik hayotning tobora shiddatli tus olayotgani insonga boʻlayotgan axborot xurujining koʻpligi, ijtimoiy muammolarning haddan ziyod zidlashuvi natijasida asablarning taranglashishi juda kоʻp insonlarni stress holatiga duchor etmoqda. Shu nuqtai nazardan bizning tanlagan mavzuimiz оʻsmirlik yoshi 4 davridagi oʻziga xos psixik zоʻriqishlar asosida stress holatlarning yuzaga kelishi va uni bartaraf etish jihatlarini nazariy va amaliy yoritishga asoslanganligi bilan ahamiyatga egadir. Jamiyatimizda oila muqaddas ekanligini, uning tarkibiy tuzilmasi va uni dars ketishiga yoʻl qоʻymaslik uchun ota-onalar va bolalarda uchraydigan tashqi va ichki hissiy zoʻriqishlarni оʻrganish va оʻsmirlarda uchraydigan stress holatlarini korreksiya qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.


