Yeni
ONA TILI NAZARIYASI
Özet
“Ona tili” fani boshlang‘ich ta’lim, bakalavriat yo‘nalishi o‘quv rejasida keltirilgan fan va modul uchun fundamental asos vazifasini o‘tab, zarurat yuzasidan fan boʻyicha zaruriy bilimlarni berishni oʻz oldiga qoʻyadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf, oʻqituvchilariga ona tilining barcha bo‘limlari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berish koʻzda tutilgan. Shuningdek, taraqqiyotning yangi bosqichida yangi O’zbekiston hukumatining Respublikamizda uchinchi renessans poydevorini yaratish borasida ona tili ta’limida amalga oshirayotgan islohotlar strategiyasi mazmuni bilan tanishtirish, talabalarda ona tilining barcha sohalari uchun umumiy bo‘lgan nazariyalari, qonunlari, qoidalari to‘g‘risida birlamchi ilmiy qarashni shakllantirish, ona tili fanining umumiy qonuniyatlarini amaliyotda qo‘llash, fanning navbatdagi sohalari bilimlarini o‘rganishlariga zamin yaratish va ko‘nikmalarini rivojlantirish, fan bo‘yicha yaratilgan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, ma’lumotlarni saralash, ona tili leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, imlosi, uslubiyati bo‘yicha tahlil qila olish kabi ko‘nikma va malakasini shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi. Darslik 2 qismdan iborat. Birinchi qismda talaba-yoshlar til tarixi, tilning ijtimoiy tabiati, hozirgi o‘zbek tilining tovush tizimi, morfemikasi, leksik tizimi, so‘zlarning mazmuniy tuzilishi, ularning bir ma’noliligi va ko‘p ma’noliligi, ko‘chma ma’nolar va ularning paydo bo‘lish yo‘llari, soʻz turkumlari va ularga xos leksik-grammatik xusuiyatlari bilan tanishadilar. Ikkinchi qismda esa
sintaksis boʻlimi, punktuatsiya (tinish belgilar) va uslubiyat boʻlimi mavzulari bilan tanishadilar. Ma’lumki, til hodisalari nutqda voqe bo‘ladi. Har bir xalq asrlar davomida o‘z tili ustida ishlab, sayqallashtirib, uni go‘zallashtirib boradi. Xalqning ijtimoiy hayotida ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar uning tilida, birinchi galda, lug‘at jamg‘armasida o‘z aksini topib boradi. Shu ma’noda so‘z va uning xususiyatlari haqida ma’lum bir tushunchalarga ega bo‘lish, nutqda so‘zlardan o‘rinli foydalana olish yoshlar uchun nihoyatda muhim sanaladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev takror va takror yoshlarlarning ta’sirchan va goʻzl nutq egallashi toʻgʻrisida fikrlar bildiradilar. Zero bilimli, zakovatli, ta’sircha nutqqa ega yoshlar jamiyatning yutugʻi. Nutqning ta’sir qilish quvvati kuchli bo‘lganidan jamiyatni boshqaruvchi kishilarning eng muhim sifatlaridan biri ham nutq mahoratiga ega bo‘lishi hisoblanadi. Bu borada sizga ilm yoʻlida kuch-quvvat, shijoat tilab qolamiz. Til olamiga xush kelibsiz, aziz talaba yoshlar!


