Yeni
ODOB VA AXLOQ INSONIYLIK MEZONI 2
Özet
Mustaqillik bizga qadim an'analarimizni, ma'naviy merosimizni, qadriyatlarimizni va o‘zligimizni tiklash hamda o‘rganish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Xalqimiz ruhiy asoratdan, ta'qibu tazyiq, qo‘rquvlardan ozod bo‘ldi va unga yashash zavqi, bunyodkorlik ilhomi baxsh etildi.Komil inson g‘oyasi Sharq falsafasining asosiy mazmuni tashkil etadi. Zero, bu g‘oya sharqona odob bilan uzviy bog‘liq. Odob – inson ma'naviyatini go‘zallashtirib, uning qadr-qimmatini yuqori ko‘taruvchi omildir. Odobli – xalq ichida e'zozli, deb bejiz aytilmaydi. Milliy ma'naviyatimiz odob-axloq qoidalariga asoslanadi. Ularda beg‘ubor orzu-istaklar va ezgu niyatlar o‘z aksini topgan bo‘lib, halollik, poklik, rostgo‘ylik, insonpar-varlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma'rifatparvarlik, saxiylik kabi insoniy fazilatlar targ‘ib qilinadi, shuningdek, xudbinlik, o‘g‘irlik, egrilik, baxillik, yalqovlik, jaholat, zulm kabi odob-axloqqa zid illatlar qoralangan. Buyuk bobokalonlarimizning bizga qoldirgan tabarruk ma'naviy merosi odob gulshani va ma'naviyat mash'ali bo‘lib xizmat qiladi. Jaloliddin Rumiy ta'kidlaganidek: «Beadabning yomonligi faqat o‘zigagina emas, balki boshqalarga ham zarar yetkazadi. Har kim adabsizlik yo‘liga qadam qo‘ysa, qayg‘u-hasrat o‘tida yonadi». Ushbu risola yoshlarini xalqimizning bebaho ma'naviy xazinasi durdonalaridan biroz bo‘lsa-da baxramand qilish maqsadida tayyorlandi. U mazmunan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangani bois mavzularga ajratildi. Risolada axloqiy va g‘oyaviy fazilatlar bilan bir qatorda shogirdlarimiz ogoh bo‘lishlari va o‘zlarini har qanday ko‘rinishdagi yomonliklardan asrashlari uchun axloqqa zid illatlar haqida ham ma'lumotlar berildi. Bizning niyatimiz bitta, ya'ni: “Ajdodlarimiz tomonidan ulug‘langan sharqona odob-axloq qoidalaridan xabardormisiz?” - degan savolga o’sib kelayotgan avlod dadil: “Ha”, - deb javob bera olsinlar.


