NUTQIY MAHORAT VA O’QITUVCHI NUTQI
Özet
Insonning ma`naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma`rifiy rivojida ona tilining o`rni favqulotda muhimdir. Til milliy ma`naviyat, ma`rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko`zgusidir. Hadisi shariflarda “Kishining zeb-u ziynati go`zalligi uning tilidadir” deydilar. Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur nutqining sodda, ravon va aniq bo`lishiga nutqiy madaniyatning yuqori bo`lishiga alohida e`tibor bergan. Nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma`rifiy taraqqiyotining millat ma`naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma`nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasini favqulodda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma`naviy-ma`rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi deb, e`tirof etilgan. Bugungi kunda nutq madaniyati masalalari o`qituvchining nutqiy madaniyat mahorati farzandlarimizning madaniy nutq ko`nikmalari va malakalarini oshirish, ta`lim jarayoninning barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan dolzarbdir. Dunyoda turli-tuman kasblar, bir-biridan turfa hunarlar bor. Ularning har birida o`ziga xos ish qurollaridan Nutqiy mahorat va o`qituvchi nutqi foydalaniladi. Qaysi fan mutaxassisi bo`lishidan qat`iy nazar, o`qituvchi tildan mohirona foydalanish hadisini olmagan bo`lsa, demakki, chinakam madaniy nutq malakasini egallamagan bo`lsa, darsdagi nutqi nochor va rangsiz bo`lsa, uning bilimi qanchalik chuqur va tugal bo`lmasin 45 daqiqalik fursat uning o`zaro uchun ham o`quvchi uchun ham g`oyat mushkul. Nutq madaniyati haqida gap borar ekan, eng avvalo, fikrning aniq, mantiqan to`g`ri, ta`sirli va maqsadga muvofiq ekanligi tushuiniladi. Fikr o`quvchi yoki tinglovchiga yetib borib, ma`lum ta`sir ko`rsatsa, yaxshi nutq sanaladi. So`zlashdan maqsad – fikr anglatish. Zotan tilning vazifasi ham shu. Bir fikrni tilda turli vositalar yordamida ifodalash mumkin. O`qituvchi bu vositalardan eng muvofig`ini tanlay bilishi kerak. Buning uchun u, albatta, o`z ona tilini puxta bilishi, uning barcha imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalana olishi, bir so`z bilan aytganda chin ma`nodagi notiq bo`lishi zarur. Notiq nutqi aniq va Ravshan bo`lishi bilan birga toza bo`lishi ham shart, aks holda fikrning kuchi ketadi, so`zlovchining nutqi tinglovchiga yaxshi ta`sir qilmaydi. Ona tilida puxta, lo`nda va shirador nutq tuza olish malakasi va mahorati matematik o`qituvchisi uchun ham, ona tili o`qituvchisi uhun ham birdek zaruriy fazilatdir. Nutqiy madaniyati haqida gap ketar ekan, nutqning madaniyligi demakki, ta`sir doirasi quvvatini ta`sir O‘quv qo‘llanma etadigan to`g`rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo`yalik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana shu sifatlarning barchasini o`zida mujassam etgan nutq madaniy hisoblanadi. Nutq madaniyatidagi asosiy masala tildan maqsadga muvofiq foydalanishdir. Demak, tilni qo`llashning real ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bu sohaning muhim yo`nalishlaridan biridir. O`qituvchi nutqi adabiy talaffuz me`yorlariga amal qilishda o`quvchiga namuna bo`la olishi lozim.