ASES YAYINCILIK

AnasayfaYayınlanmış KitaplarINSON MOHIYATI – MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT

INSON MOHIYATI – MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT

KategoriSOSYAL BEŞERİ VE İDARİ BİLİMLER
ISBN978-625-8956-21-4
DOI10.5281/zenodo.21413446
DilÖZBEKÇE
Basım Yılı2026
Sayfa Sayısı91 Sayfa

Özet

Har bir insonning hayoti va faoliyatida ma'naviyat hamda ma'rifat asosiy o‘rinni egallaydi. Ular tufayli inson bilim va axloqiy fazilatlar sohibiga aylanadi. Insonning mohiyatini anglash masalasi qadim zamonlardan beri olimlarning diqqat markazida bo‘lgan va xali-hanuz o‘zining to‘liq yechimini topmagan tadqiqot mavzularidan biri hisoblanadi. Inson ko‘p qirrali ongli mavjudot. U Yer yuzidagi barcha tirik jonzodlar orasida yaratilishi bo‘yicha eng mukammalidir. Insonning tabiati va fe'l-atvoridagi mukammallik – komillik bo‘lib, komil insonni tarbiyalash doimo jamiyat uchun orzu va ezgu niyat bo‘lib kelgan. Insonning kamoloti uchun madaniyat, ma'naviyat, ma'rifat va mafkura xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, mazkur risolada insoniyat tomonidan erishilgan yutuqlar majmuasi bo‘lmish madaniyat, uning tarkibiy qismi - ma'naviyat, asosi - ma'rifat hamda jamiyatning harakat dasturi bo‘lmish mafkura tushunchalari keng yoritib berilgan. Insonning asl mohiyatini ma'naviyat va ma'rifat belgilaydi. Insonning insoniyligi ma'naviyatida, kuch-qudrati esa bilimida, ya'ni ma'rifatida ko‘rinadi. O‘sib kelayotgan yosh avlod komillik darajasiga erishmoq uchun insonning mohiyatidan, ya'ni hayoti, faoliyati, tabiati, qadrqimmati va salomatligi haqidagi bilimlardan xabardor bo‘lishi, shuningdek, inson sha'niga va salomatligiga tahdid soluvchi illatlarni bilishi hamda bu illatlardan saqlanishi lozim. Insonning bu dunyodagi eng yaqin insonlari ota va onasi, eng muqaddas maskani esa Vatanidir. Shu sababli, ularning nomiga dog‘ tushurish, ularga xoinlik qilish katta gunoh va jinoyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarur. Risolada har bir ziyoli inson bilishi lozim bo‘lgan tushuncha va atamalar berilgan. Kitobxon tomonidan oson o‘zlashtirilishi uchun ularning lug‘aviy ma'nosi hamda asosiy ta'riflari sodda va ravon tarzda bayon etilgan.