
HUSNIXATGA O‘RGATISH METODIKASI
Özet
Mazkur darslik “Husnixatga o‘rgatish metodikasi” fanidan 60110500-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Boshlang‘ich ta’lim fakultetining „Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi“ kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. “Husnixatga o‘rgatish metodikasi” fani 60110500-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 1-semestrda 30 soat amaliy mashg‘ulotlari o‘qitiladi.Kurs davomida Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, uning ta’limiy ahamiyati. Yozuv haqida ma’lumot. G‘zbek yozuvi tarixi; Xattotlik san`ati tarixi. Hattotlik maktablari haqida ma’lumot; Husnixatga o‘rgatishning grafik asoslari; Husnixatga o‘rgatish tamoyillari (Onglilik tamoyili. Genetik tamoyil. Takrorlash
tamoyili. Ko‘rgazmalilik tamoyili); Husnixatga o‘rgatish tamoyillari (Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili. Chiroyli yozuvning imlo bilan bogliqligi tamoyili. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqligi tamoyili); Husnixatga o‘rgatishning usullari (Chiziqli usul. Genetik usul. Namunaga qarab yozish usuli. Namunaga qarab ko‘chirish usuli. Nusxa ko‘chirish usuli. Tasavvur orqali yozish usuli); Husnixatga o‘rgatishning usullari (Ritmik usul (sanoq-ohang. Harf shakllarini tahlil qilish usuli. Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli. Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli. Qo‘l uzmasdan yozish usuli. Xatolar ustida ishlash usuli); Husnixatga o‘rgatishning gigiyenik shartlari; Husnixatga o‘rgatishning metodik shartlari. O‘quvchilar yozuviga qo‘yiladigan talablar; Yozuv qurollari va ulardan foydalanish; Boshlang‘ich sinfda husnixat daqiqalarining mazmuni va o‘quv materilaiga qo‘yiladigan talablar. Husnixat daqiqalarini rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar mavzulari o‘rganiladi. Fanning predmeti va mazmuni „Husnixatga o‘rgatish metodikasi“ fani bakalavriat o‘quv rejasiga muvofiq o‘qitiladi. Mazkur fan umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan gumanitar fanlar turkumiga kiradi va “Boshlangich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ham o‘qitiladi. Husnixatga o‘rgatish metodikasi fanini puxta o‘zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga, talabalarning pedagogik amaliyoti davrida va institutni bitirgandan keyingi ishlarda ko‘nikma sifatida xizmat qiladi. Darslikda kursni o‘qitishning maqsad va vazifalari: talabalarga husnixatga o‘rgatish metodikasidan nazariy ma’lumot berish; bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini husnixat talablari asosida yozishga o‘rgatish; boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatish metodi, vositalari bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Darslik talabalarda husnixat bilan yozish malakalarini hosil qilish; boshlang‘ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va tashkil etishga o‘rgatish; husnixat daqiqalariga uslubiy yondashuv, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishning zamonaviy metodlarni qo‘llashga o‘rgatish kabi maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan.


