
BOLALAR ADABIYOTI
Özet
Bolalar adabiyoti — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsa-da, keyinchalik Bolalar adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin. Hozirgi rivojlangan davr bolalar kitobxonligiga alohida e`tibor qaratilmoqda. Yurtboshimiz ham qayta-qayta bu masalaga ahamiyat bermoqdalar. Prezidentimiz O‘zbekiston
yoshlari va talabalari forumida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish masalasi haqida ham so‘zlagan nutqi orasida: “Meni doimo o‘ylantiradigan, tashvishga soladigan yana bir dolzarb masala, bu – yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, madaniy saviyasi, bir so‘z bilan aytganda, tarbiyasi bilan bog‘liq. Biz bu yo‘nalishda katta ishlarni amalga oshiryapmiz. Ammo ularning samaradorligini yanada kuchaytirish uchun quyidagi masalalarga jiddiy e’tibor berishimiz zarur. Birinchidan, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini rivojlantirish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi”, kabi og`riqli masalalarga to‘g`ri yechim topgan edilar. Davlatimiz rahbari faoliyatining ilk kunlaridan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. 2017-yilda kitoblar nashr etishni rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha Prezident farmoyishi qabul qilingan edi. Kitobxonlarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi. Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati — oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi. Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi. Bolalar adabiyotida badiiylik bilan bir qatorda ma'rifiylik ham yetakchi oʻrin tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, ma'rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi. Ushbu darslik maktabgacha va boshlang`ich ta`limy o‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.


