Yeni
Yeni ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI MAQOLLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Özet
Mazkur monografiya arab va o‘zbek tillaridagi maqollarning lingvomadaniy
xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda
maqollarning xalqning milliy tafakkuri, madaniy qadriyatlari, dunyoqarashi va
tarixiy tajribasini aks ettiruvchi muhim lingvistik hamda madaniy birlik sifatidagi
o‘rni yoritilgan. Arab va o‘zbek tillaridagi maqollar semantik, strukturaviy, pragmatik
va lingvomadaniy jihatdan chog‘ishtirma tahlil qilinib, ularda ifodalangan
milliy-madaniy konseptlar, qadriyatlar tizimi, urf-odatlar, diniy-axloqiy qarashlar
hamda xalq mentalitetining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.


